Please enable JavaScript.
Coggle requires JavaScript to display documents.
Juncturae membri superioris Qo'l suyaklarining o'zaro…
Juncturae membri superioris Qo'l suyaklarining o'zaro birlashuvlari
articulatio sternoclavicularis
To'sh-o'mrov bo‘g‘imi
Tuzilishi:
O‘mrov suyagining medial uchidagi bo'g‘im yuzasi bilan to‘sh suyagidagi o‘mrov o‘ymasi ishtirok etadi.
Bo‘g‘im ichida joylashgan tog‘ay (discus articularis) bo‘g‘im bo‘shlig‘ini ikkiga bo‘lib turadi.
Mustahkamlash:
Bog‘im tashqi tarafdan quyidagi ligamentlar (boylamlar) bilan mustahkamlanadi:
lig. sternoclavicularis anterius
lig. costoclaviculare
lig. sternoclavicularis posterior
To'sh suyagining bo'yinturuq o‘ymasi ustidan ikki o‘mrov suyagini birlashtiruvchi lig. interclaviculare yo‘naladi.
Bo‘g‘im shakli va harakati:
Shakl jihatidan cgarsimon bo‘g‘imlarga kiradi, lekin ichidagi tog‘ay uni sharsimon holatga keltiradi.
Harakat jihatidan ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Harakatlar:
Sathlar
Sagital
Yuqoriga va pastga
Bo‘g‘imning vertikal harakati
Frontal
Oldinga va orqaga
Bo‘g‘imning old-orqa harakati
Vertikal
O‘mrov suyagi o‘z o‘qi atrofida
Aylanish harakati
articulatio acromioclavicularis
Akromio-o‘mrov bo‘g‘imi
Tuzilishi:
O‘mrov suyagining orqa uchidagi bo‘g‘im yuzasi bilan kurak suyagining akromial o‘simtasidagi bo‘g‘im yuzalari orasida hosil bo‘ladi.
Bo‘g‘im bo‘shlig‘ining ichida tog‘ay plastinka (discus articularis) mavjud.
Mustahkamlash:
Bo‘g‘im kapsulasining tashqi yuzasida lig. acromioclaviculare joylashgan.
Kurak suyagining tumshuqsimon o‘simtasi bilan o‘mrov suyagi orasida lig. coracoclaviculare joylashgan.
lig. trapezoideum
lig. conoideum
articulatio humeri/glenohumeralis
Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri) yelka suyagining boshchasi va kurak suyagining cavitas glenoidalis bo‘g‘im chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Kurak suyagidagi bo‘g‘im chuqurchasining atrofida tog‘ay halqa – labrum glenoidale joylashgan, bu bo‘g‘im yuzasini chuqurlashtiradi.
Bo‘g‘im kapsulasi yelka suyagining anatomik bo‘yini sohasigacha cho‘ziladi.
Yelka bo‘g‘imi sohasida ligamentum coracohumerale joylashgan, u kurak suyagining tumshuqsimon o‘simtasidan boshlanib, yelka suyagiga birikadi.
Bo‘g‘im shakli sharsimon bo‘lib, harakat jihatidan ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Frontal o‘q
Yelka bo‘g‘imida bukish va yozish
Sagital o‘q
Qo‘l tanadan uzoqlashtiriladi va tanaga yaqinlashtiriladi
Vertikal o‘q
Qo‘l ichkariga (pronatsiya) va tashqariga (supinatsiya) buriladi
Yelka bo‘g‘imi sharsimon bo‘lgani uchun aylana harakatlar ham bajariladi.
Qo‘l yelka bo‘g‘imida gorizontal holatgacha ko‘tariladi; undan yuqoriga ko‘tarilish kurak suyagining aylanishi bilan bog‘liq
Qo‘lning gorizontal holatdan yuqoriga ko‘tarilishiga ligamentum coracoacromiale boylami qarshilik ko‘rsatadi, chunki bu boylamga yelka suyagining boshchasi tegib qoladi.
Shu sababli kurak suyagining bu boylami yelka bo‘g‘imi gumbazi – fornix humeri deb ataladi.
Yelka bo‘g‘imi kapsulasining ichidan ikki boshli mushakning uzun boshchasi o‘tadi.
Bo‘g‘im kapsulasi bo‘ylab yelka boylami – ligamentum glenohumeralia va qo‘shimcha tutam boylamlari – ligamentum transversum mavjud.
Pastki Bilak-Tirsak Bo‘g‘imi – Articulatio Radioulnaris Distalis
Tirsak suyagi boshchasidagi bo‘g‘im yuzasi: circumferentia articularis va bilak suyagidagi incisura ulnaris o‘ymasi tomonidan hosil qilinadi.
Bo‘g‘im shakli: silindrsimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Harakatlanish: yuqoridagi articulatio radioulnaris proximalis bilan birga harakatlanadi, shuning uchun bu ikkala bo‘g‘im hamkor bo‘g‘imlar turiga kiradi.
Bilak va tirsak suyaklarining suyaklararo qirralari: margo interossea orasida joylashgan, pishiq biriktiruvchi to‘qimadan iborat membrana interossea mavjud.
articulatio cubiti
Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti) murakkab bo‘g‘im bo‘lib, uchta bo‘g‘imdan tashkil topgan:
Articulatio humeroulnaris
Hosil bo‘lishi: yelka suyagining trochlea humeri va tirsak suyagining incisura trochlearis o‘rtasida
Shakli: g‘altaksimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Harakat: bir o‘q atrofida bukish va yozish.
Articulatio humeroradialis
Hosil bo‘lishi: yelka suyagining capitulum humeri yuza va bilak suyagining boshchasidagi fovea capitis radii o‘rtasida.
Shakli: sharsimon bo‘g‘im, faqat ikki o‘q atrofida harakat qiladi.
Harakatlar:
Frontal o‘q: bukish va yozish
Vertikal o‘q: ichkariga (pronatio) va tashqariga (supinatio) burilish
Articulatio radioulnaris proximalis
Hosil bo‘lishi: bilak suyagi boshchasidagi circumferentia articularis va tirsak suyagidagi incisura radialis o‘rtasida.
Shakli: silindrsimon bo‘g‘im.
Harakat: bir o‘q atrofida ichkariga va tashqariga burilish.
Tirsak bo‘g‘imi kapsulasi va boylamlari
Bo‘g‘im kapsulasi (capsula articularis) uchala suyak yuzalarini o‘rab oladi.
Old va orqa sohalarda boylamlar yo‘q, lekin ikki yon tomondan boylamlar mavjud:
Ligamentum collaterale ulnare
yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan boshlanib, tirsak suyagining ichki yuzasiga birikadi.
Ligamentum collaterale radiale
yelka suyagining epicondylus lateralis o‘simtasidan boshlanib, bilak suyagining yon yuzasiga birikadi.
Ligamentum anulare radii
Bilak suyagi boshchasining atrofida halqasimon joylashib, tirsak suyagidagi incisura radialis o‘ymasining old va orqa yuzalari orasida joylashgan.
Tirsak bo‘g‘imidagi harakatlar
Frontal o‘q
Bukish va yozish
Vertikal o‘q
Bilak ichkariga (pronatio) va tashqariga (supinatio) buriladi
Ichkariga va tashqariga burilishda pastki bilak-tirsak bo‘g‘imi ham ishtirok etadi.
Shu sababli bilak-tirsak bo‘g‘imlar hamkor (kombinirlangan) bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Bo‘g‘im kapsulasining tutamlari sohasida kvadrat shakldagi boylam – ligamentum quadratum mavjud.
Kurak suyagidagi boylamlar (Sindesmoz birlashuvlar)
lig. coracoacromiale
Kurak suyagining tumshuqsimon va akromial o‘simtalari orasida joylashgan.
lig. transversum scapulae superius
Kurak suyagining o‘ymasi ustidan yo‘naladi, bu o‘yma sohasida teshik hosil qiladi.
lig. transversum scapulae inferius
Kurak suyagidagi akromial o‘simta asosidan, kurak suyagi bo‘yinchasi tomon tortiladi.
Qo‘l Panjasidagi Bo‘g‘imlar – Articulationes Manus
Kaft Usti Suyaklari Bilan Kaft Suyaklari Orasidagi Bo‘g‘imlar – Articulatio Carpometacarpalis
Hosil bo‘g‘imlar: kaft usti suyaklarining ikkinchi qatori bilan kaft suyaklari orasida.
Yuzalari: yassi, old va orqa yuzalari ligg. carpometacarpea dorsalia et palmaria bilan qoplanadi.
Kaft suyaklari orasidagi bo‘g‘imlar: articulatio intermetacarpalis.
Mustahkamlovchi boylamlar:
ligg. metacarpea interossea (asosda)
ligg. metacarpea palmaria (kaft yuzasida old)
ligg. metacarpea dorsalia (orqa yuzada)
Articulatio carpometacarpalis pollicis (bosh barmoq bo‘g‘imi):
Hosil bo‘g‘im: os trapezium va 1-kaft suyagi orasida.
Shakli: egarsimon bo‘g‘im.
Harakatlar: ikki o‘qli (bukish/yozish va uzoqlashtirish/yaqinlashtirish).
Maxsus harakatlar: oppositio (bosh barmoq V barmoq tomon yaqinlashishi) va repositio (bosh barmoq uzoqlashishi).
Articulatio Metacarpophalangealis (Kaft va Falang Suyaklari Orasidagi Bo‘g‘im)
Hosil bo‘g‘im: kaft suyaklarining boshchasi bilan proksimal falang suyaklari botiqliklari orasida.
Shakli: ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Harakatlar:
Frontal o‘q atrofida: bukish va yozish
Sagital o‘q atrofida: uzoqlashtirish va yaqinlashtirish
Aylana harakat (circumductio) ham mumkin
Mustahkamlovchi boylamlar:
Yon tomonlarda: ligg. collateralia
Kaft yuzasida: lig. palmare
Kaft suyaklari boshchalari orasida joylashgan: ligg. metacarpea transversa profunda (pishiq pay)
Barmoq Falanglari Orasidagi Bo‘g‘imlar – Articulatio Interphalangealis Manus
Hosil bo‘g‘im: barmoqlar falanglari orasidagi boshcha va barmoq asosi orasida.
Shakli: egarsimon bo‘g‘im.
Harakatlar: bir o‘qli, faqat bukish va yozish.
Mustahkamlovchi boylamlar:
Yon yuzada: ligg. collateralia
Old yuzada: lig. palmaria
Articulatio Radiocarpea (Bilak-Kaft Bo‘g‘imi)
Ishtirok etuvchi suyaklar:
Bilak suyagi (facies articularis carpea)
Kaft usti suyaklarining birinchi qatori: os scaphoideum, os lunatum, os triquetrum
Tirsak suyagining pastki uchidagi discus articularis (uchburchak shaklida tog‘ay plastinka)
Discus articularis:
Kengroq chekkasi bilak suyagidagi incisura ulnaris o‘ymasiga,
Uchi tirsak suyagining processus styloideus ga birikadi.
Bo‘g‘im shakli: ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi.
Bo‘g‘im kapsulasi va mustahkamlovchi boylamlar:
Boylamlari
lig. collaterale carpi radiale
lig. collaterale carpi ulnare
lig. radiocarpale palmare
lig. radiocarpale dorsale
lig. ulnocarpale dorsale
lig. ulnocarpale palmare
Articulatio Mediocarpea (Kaft Usti Suyaklari O‘rtasidagi Bo‘g‘im)
Kaft usti suyaklarining birinchi va ikkinchi qatori o‘rtasida joylashgan.
Bo‘g‘imni mustahkamlovchi boylamlar:
lig. intercarpea palmaria (old yuzada)
lig. intercarpea dorsalia (orqa yuzada)
lig. carpi radiatum (boshchali suyakdan qo‘shni suyaklarga tortilgan)
lig. intercarpalia interossea (kaft usti suyaklari orasida)
Articulatio Ossis Pisiformis (Nokhatsimon Suyak Bo‘g‘imi)
Boylamlar:
lig. pisohamatum: nokhatsimon suyak bilan ilmoqsimon suyak orasida
lig. pisometacarpale: nokhatsimon suyak bilan kaft suyaklari orasida