Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, so‘zi ham, odob-axloqi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiylik va soxtalik yo‘q ammo Gulnor huquqsiz. U Yo‘lchini jonidan ortiq sevadi; uning qalbi to‘la pok muhabbat. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan. Gulnorda o‘zbek qizlariga xos go‘zallik, ibo-hayo, kamtarlik, o‘zgalarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ular bilan dardlashish, mehnatkashlik xusuiyatlari jamlangan. Gulnor yuqorida aytganimizdek o‘sha davr xotin-qizlari kabi u ham xuquqsiz, shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda otasining qistovi bilan qari chol Mirzakrimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Otasi uni «yaxshi yashaysan, yaxshi yeb, yaxshi kiyinasan» deb o‘zi xizmat qilayotgan boyga ikkinchi xotin qilib beradi. Gulnor o‘zining taqdirini bunday hal bo‘lishini onasidan eshitib dong qotdi. «Bundan ko‘ra o‘lganim yaxshi ayajon, menga o‘lim tilang» deyishi sevgi to‘la qalbiga birdan qora bulutlar kela boshlaydi.