Boshlang'ich sinflarda matematikadan DTS tahlili.Boshlang'ich sinflarda matematika o`qitishda kompetensaviy yondashuv.DTS ga qo'yilgan talablar

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi – jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish,o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish,unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana
olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Mazkur kompetensiyalar umumta’lim
fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek,har bir umumta’lim fanining
mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham
shakllantiriladi.

Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo‘yilgan talablardan yana biri
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o‘stirish hisoblanadi.O‘quvchida analiz,
sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish,xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalar
shakllanadi

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya A1

berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

A1+

yozma hisoblay oladi; sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi; obyektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;

sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.

arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;

bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;

sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab

topadi, foydalana oladi.

click to edit

  1. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi) A1

ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;

matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi; mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.

A1+

o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.