Xulosa:
Tevarak atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish, ularning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Nutqni rivojlantirishda interaktiv o‘yinlar, ko‘rgazmali materiallar, tashqi muhitdan foydalanish va texnologiyalardan samarali foydalanish kabi usullar muhim rol o‘ynaydi. Sayrlar, ekskursiyalar, o‘yinlar va qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bolalarning tabiatni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi.